DataLife Engine / “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining Bog’ot tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining Bog’ot tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

15-may — Xalqaro oila kuni arafasida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" ko‘rik-tanlovining Bog’ot tuman bosqichi o‘tkazildi. Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni ulug‘lash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan tanlovda tumandagi mahallalardan oilalar belgilangan shartlar asosida bellashishdi. Yakunda G'alaba mahallasidan Artiqovlar oilasi tumandagi eng ibratli, farzand tarbiyasida milliy qadriyatlarimizni asrashda, kitobxonlik madaniyatida eng namunali oila deb topildi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
11-05-2024, 13:50
Вернуться назад